Hamkasbiga shahvoniy gaplar aytgan 59 yoshli o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

Hamkasbiga shahvoniy gaplar aytgan 59 yoshli o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi maktablardan birida ishlovchi 59 yoshli o‘qituvchi ayol hamkasbiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Voqea 2026 yil 3 oktyabr kuni soat 15:00 atrofida sodir bo‘lgan. O‘qituvchi boshqa hamkasblari huzurida ayolga: «Ko‘ylaging qanchalar chiroyli, quchoqlab o‘pib olaman», degan.

Jabrlanuvchi ayol sudda ushbu gaplardan hamkasblari oldida qattiq xijolat bo‘lganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, erkak avval ham unga nisbatan shunday mazmundagi noo‘rin gaplarni aytgan, biroq bu haqda ilgari shikoyat qilmagan.

Erkak esa sudda aytgan so‘zlarini hazil tariqasida izohlagan va aybini tan olgan.

Sud qaroriga ko‘ra, o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41¹-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topilib, 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar