Malibu-2dagi talabalar YPX xodimini haqorat qilib, videosini tarqatdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida texnikum talabalari ishtirokida noxush holat yuz berdi. Ular ijaraga olingan Malibu-2 avtomobilida harakatlanib, YPX xodimining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan.
Ma’lum qilinishicha, yoshlar yo‘l-patrul xizmati xodimini haqorat qilgan. Shuningdek, uning sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Hodisa jamoatchilik e’tiborini tortdi. Hozircha holat yuzasidan qanday chora ko‘rilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.






























Izohlar 0
…