Buxoroda 1 500 dan ortiq qalbaki banknota va marixuana topildi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida qalbaki banknotalar tayyorlash va giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlash bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tintuv chog‘ida mahalliy fuqaroning yonidan 2 000 so‘mlik 1 500 dan ziyod qalbaki kupyura topilgan. Shuningdek, pullarni bosib chiqarishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Epson rusumli rangli printer ham aniqlangan.
Tekshiruv davomida gumonlanuvchiga aloqador hududdan yettita kannabis o‘simligi hamda 284,71 gramm marixuana ham topilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Ayni paytda mas’ul organlar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…