11:58 / 19.05.2018
6 183

Shavkat Mirziyoyev: «Har bir oila tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Har bir oila tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi kerak»
Foto: «President.uz»
Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati misolida «Har bir oila tadbirkor» dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya mehnat bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka o‘rgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan.

Foto: «President.uz»
— Andijonda aholi zich joylashgan. Bir-ikkita zavod bir foiz aholiniyam ish bilan ta’minlay olmaydi. Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin. Xonadonlarga mablag‘ kiritsak, zarur uskunalar berib, aql bilan ishlashni o‘rgatsak, odamlar o‘zini o‘zi boqadi. Uyiga buyum oladi, bolasiga kitob olib beradi, soliqqa, elektrga pul to‘laydi, byudjetga mablag‘ tushadi. Bir yildan keyin sarflagan pulimiz ikki barobar bo‘lib qaytadi. Iqtisodiy mexanizm mana shunday bo‘lishi kerak, dedi Prezident.

Davlat rahbari tadbirkor va hunarmandlar yetkazib beradigan mahsulotlar sig‘imini aniqlash, odamlar sotib oladigan tovarlar ishlab chiqarish, xususan, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Har bir oila tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi kerak»