2 ming so‘mlik pulni yirtib raqsga tushgan erkak keng jamoatchilikning e’tiborini tortdi (video )

Xorazm viloyatida yashovchi erkak 2 ming so'mlik banknotani yirtib raqsga tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ushbu holatdan keyin erkak qilmishidan pushaymonligini bildirib jamoatchilikdan kechirim so'ragan bo'lsa-da, uning bu harakati sud qarorini o'zgartirmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'rganilib sudga taqdim etilgan materiallarga muvofiq, unga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida yashovchi erkakning 2 ming so‘mlik banknotani yirtib, raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat foydalanuvchilar o‘rtasida keng muhokamalarga va turli tanqidiy fikrlarga sabab bo‘ldi.
Shundan keyin erkak qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, 2 ming so‘mlik banknotani o‘pgan holda jamoatchilikdan kechirim so‘ragan yangi videoni e’lon qildi.
Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilib, to‘plangan materiallar sudga taqdim etildi.
Sud qaroriga muvofiq, erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Uning kechirim so‘ragani esa sud qarorini o‘zgartirmadi.































Izohlar 0
…