Olmazorda IES xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Olmazor tumani issiqlik elektr stansiyasining elektromontyori Sh.Sh. fuqaro M.M.dan pora olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. U xususiy uydagi nonvoyxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ulash hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 300 AQSH dollari talab qilganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida mazkur pul mablag‘ini olayotgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Chilonzor tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirda korrupsiya bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumani issiqlik elektr stansiyasida ishlovchi elektromontyor Sh.Sh. pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u fuqaro M.M.ga tegishli xususiy uyda faoliyat yuritayotgan nonvoyxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ulash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 300 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mazkur mablag‘ni olayotgan vaqtida uning harakatlariga chek qo‘yilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…