Stadionda ta’sirli lahza: kolumbiyalik muxlislar o‘zbekistonlik bolakayni ovutdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari qalbini larzaga solgan samimiy video tarqaldi. Unda Kolumbiya terma jamoasi muxlislari gol o‘tkazib yuborilganidan keyin yig‘layotgan o‘zbekistonlik bolakayni ovutgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kichik muxlis o‘yindagi vaziyatdan juda ta’sirlanib, ko‘z yoshlarini tiya olmagan. Shu payt atrofida o‘tirgan kolumbiyalik muxlislar unga befarq qolmay, bolakayni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishgan.
Ular birdaniga “O‘zbekiston, O‘zbekiston!” deya hayqirib, bolakayni ovutish bilan birga uning jamoasini ham qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu samimiy holat stadion muhitini iliqlik va do‘stlik kayfiyati bilan to‘ldirgan.
Mazkur video qisqa vaqt ichida keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik bu voqeani sportning haqiqiy ruhi — mehr, hurmat va birdamlik timsoli sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…