Jizzaxda yaylovlarda qo‘y boqayotgan cho‘ponlarning ovoz berishi uchun maxsus qulayliklar yaratildi

Jizzax viloyatida birinchi marta saylovlarda ishtirok etayotgan yoshlarning 70 foizi ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, viloyatda 812 ming 259 nafar, jumladan, 142 ming 144 nafar birinchi marta ovoz berayotgan saylovchining 70 foizi ovoz berib bo‘ldi.
Viloyatning Forish tumanidagi “Arnasoy”, “Darvoza”, “Omongeldi” qishloq fuqarolar yig‘inlari hududidagi aholi punktlari viloyat markazidan 300-350 kilometr olisda joylashgan bo‘lib, parlament saylovlari kuni ushbu qishloqlarning olis qishki yaylovlarida qo‘y boqayotgan cho‘ponlarning ovoz berishi uchun ham alohida qulayliklar yaratildi.
Janubiy Qizilqum yaylovlaridagi “Darvoza” qorako‘lchilik shirkat xo‘jaligida joylashgan 377-saylov uchastkasi hududidagi 18 cho‘pon oilasi 15-20 kilometr masofadagi Dukey, Temirxon yaylovlaridagi qishlov qo‘ralariga ko‘chib chiqqan. Bu oilalardagi saylovchilar huzuriga maxsus mashinalarda ko‘chma saylov qutilari keltirildi.
Xabar berishlaricha, Temirxon, Dukey yaylovlarida qishlov o‘tayotgan cho‘pon oilalaridagi 52 saylovchiga ertalabdan maxsus mashinalarda ko‘chma saylov qutilari etkazib borilgani uchun saylovchilar ertalab 10.00 gacha ovoz berib bo‘ldi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing