Qashqadaryoda YPX mashinasiga urilgan haydovchi qamaldi

Qashqadaryoda YPX mashinasiga urilgan haydovchi qamaldi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabini bajarmay, patrul avtomobiliga borib urilgan Nexia-2 haydovchisiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.

Voqea 12 avgust kuni tungi xizmat vaqtida yuz bergan. YPX inspektorlari hujjatlarini tekshirish maqsadida Nexia-2 haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq u talabni bajarmasdan, harakatini davom ettirgan va voqea joyidan qochishga uringan.

Haydovchiga keyingi chorrahada ham bir necha bor to‘xtash ishorasi berilgan. Shunga qaramay, u yo‘lida davom etgan.

Shundan so‘ng patrul ekipaji xizmat avtomobili yordamida uning yo‘lini to‘sishga uringan. Haydovchi esa patrul mashinasiga urilib, yana voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik uning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Haydovchi sudda hujjatlari yo‘qligi sabab YPX xodimlaridan qo‘rqib ketganini aytgan. U sodir etgan qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

Chiroqchi tumani sudi qaroriga ko‘ra, haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi ikkinchi qismi asosida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar