Olimlar anorning yurak uchun yashirin foydasini aniqladi

Olimlar anorning yurak uchun yashirin foydasini aniqladi

London Qirollik kolleji olimlari anor, yong‘oq va ayrim rezavor mevalar iste’mol qilinganidan keyin organizmda hosil bo‘ladigan urolitin A moddasi yurak faoliyatini yaxshilashi mumkinligini aniqladi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

News-Medical nashri yozishicha, hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda ushbu modda yurak faoliyati ko‘rsatkichlarini 80 foizgacha yaxshilagan, uning bo‘shashishiga yordam bergan. Shuningdek, yurak mushagida chandiq to‘qimalari hosil bo‘lishi va yurak mushagining kattalashishi kamaygan.

Ijobiy ta’sir laboratoriya sharoitida yaratilgan inson yurak to‘qimalari modellarida ham kuzatilgan.

Tadqiqotchilar urolitin A moddasining chiqarish fraksiyasi saqlangan yurak yetishmovchiligiga ta’sirini o‘rgangan. Bunday holatda yurak qonni odatdagidek haydaydi, biroq uning mushaklari qattiqlashib, bo‘shashish qobiliyati pasayadi. Ushbu holat yurak yetishmovchiligining barcha holatlarining qariyb yarmini tashkil etadi.

Shu bilan birga, olimlar hozircha anor yoki urolitin A yordamida ushbu kasallikni davolash mumkinligi haqida xulosa qilishga erta ekanini ta’kidlamoqda. Tadqiqot natijalari hayvonlar va laboratoriyada yaratilgan inson yurak to‘qimalarida olingan. Moddaning inson organizmiga ta’sirini aniqlash uchun hali klinik sinovlar o‘tkazilishi kerak.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar