455 nafar bolaning hayotini saqlab qolgan xitoylik er-xotin

Xitoylik Du Yingrong va uning rafiqasi Lu Suying yuzlab bolalarning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shgan saxovatpesha juftlik sifatida tanilgan. Du Yingrong o‘qituvchi, turmush o‘rtog‘i esa shifokor bo‘lib ishlagan. Daromadlari yaxshi bo‘lishiga qaramay, ular juda kamtarona hayot kechirgan.
Masalan, Du bir porsiyasi atigi 2,5 dollar turadigan taomni ham doimo rafiqasi bilan bo‘lishib yegan. Hatto ko‘zoynagi singanida ham yangisini sotib olishga shoshilmay, uni oddiy leykoplastir yordamida ta’mirlab, foydalanishda davom etgan. Er-xotinning farzandi bo‘lmagan.
Ularning hayotini butunlay o‘zgartirgan voqea 2018 yilda yuz beradi. Du kasalxonalardan birida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga yordam so‘ralgan e’lonni ko‘rib qoladi.
Shundan so‘ng er-xotin 10 nafar bolaning operatsiyasi va davolanishi uchun qariyb 75 ming dollar mablag‘ ajratadi.
Keyinchalik esa ular yillar davomida jamg‘argan 662 ming dollarini ham yurak xastaligiga chalingan bolalarni davolashga bag‘ishlashga qaror qiladi.
Ularning saxovati natijasida jami 455 nafar bolaning hayotini saqlab qolishga yordam berilgan.






























Izohlar 0
…