Moskvada ayollar kiyimida yurgan ikki xorijlik deportatsiya qilinadi

Moskvada ayollar kiyimida yurgan ikki xorijlik deportatsiya qilinadi

Moskvadagi “Sadovod” bozorida ayollar kiyimida yurgani aytilgan ikki xorijlik “LGBT targ‘iboti”da ayblanib, 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Lyublin sudi ularni Rossiyadan deportatsiya qilish haqida ham qaror chiqargan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Rahimov X. va Saizoda Y. 18 avgust kuni soat 21:00 atrofida bozorda qo‘lga olingan. Ular go‘yoki “Tanlash erkinligi” mazmunidagi shior yozilgan ayollar kiyimida bo‘lgan. Biroq ish materiallarida kiyimlarning aynan qanday ko‘rinishda ekani yoki shior qanday tasvirlangani batafsil ko‘rsatilmagan.

Politsiya ularning xatti-harakatlarini “noan’anaviy jinsiy munosabatlarning jozibadorligini namoyish etish” sifatida baholagan. Sud esa Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi asosida har biriga 10 sutkalik qamoq jazosi tayinlagan.

Shuningdek, erkaklarni xorijiy fuqarolarni saqlash markaziga yuborish va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborish belgilangan. Deportatsiyadan so‘ng ularga Rossiyaga kirish uchun besh yil muddatga taqiq qo‘yilishi ham ko‘zda tutilgan.

Sud jarayonida Rahimovning turmush qurgani va bir nafar farzandi borligi, Saizodaning esa to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ma’lum bo‘lgan. Sud hujjatlarida ularning fuqaroligi ko‘rsatilmagan, ayrim nashrlar esa ularni Tojikiston fuqarolari deb yozgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar