Rossiyalik parashyutchi yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Rossiyalik parashyutchi yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Rossiyalik parashyutchi Sergey Boytsov havo sharidan stratosferadan sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini qayd etdi.

Gazeta.ru xabariga ko‘ra, sportchi Oltoy o‘lkasida 11 ming 551 metr balandlikdan parashyut bilan sakragan. Erkin tushish vaqtida uning tezligi soatiga qariyb 500 kilometrga yetgan. Sakrash amalga oshirilgan balandlikda havo harorati minus 59 darajani tashkil etgan.

Boytsovning parashyuti 1 ming 565 metr balandlikda muvaffaqiyatli ochilgan. Shundan so‘ng u Oltoy o‘lkasining Ust-Kalman tumaniga eson-omon qo‘ngan.

Avvalgi rekord polshalik parashyutchilarga tegishli bo‘lib, ular 10 kilometrdan yuqori balandlikdan sakrashni amalga oshirgan edi.

Yangi rekordga tayyorgarlik davomida Boytsov 12 kilometr balandlikdagi sharoitni taqlid qiluvchi barokamera sinovlaridan o‘tgan. Uning maxsus jihozlari esa minus 60 darajagacha bo‘lgan haroratda tekshirilgan.

Qayd etilishicha, rekord o‘rnatilgan sakrash sentyabr oyida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro yoshlar festivaliga bag‘ishlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar