Bir savat uzum 5 million so‘mga sotildi

Bir savat uzum 5 million so‘mga sotildi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Uzum sayli”da bir savat uzum kutilganidan ancha qimmatga sotildi.

Parkent tumanidagi tadbir doirasidagi auksionda “Avatar” navli uzum 5 million so‘mga xarid qilindi. Ohangaron tumanida yetishtirilgan mazkur uzumning boshlang‘ich narxi 750 ming so‘m etib belgilangan edi.

Savdolar davomida ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat sabab uzum narxi bir necha barobar oshib, yakunda 5 million so‘mga yetdi.

Shu tariqa, bu yil uzumning bozordagi emas, auksiondagi narxi barchani hayratda qoldirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar