Asalari chaqqan keniyalik tadbirkor vaziyatni reklama uchun ishlatdi

Asalari chaqqan keniyalik tadbirkor vaziyatni reklama uchun ishlatdi

Keniyada asalari boqish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Jarunda Jaluto bilan bog‘liq noodatiy voqea ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qozondi.

Xabarlarga ko‘ra, navbatdagi asal yig‘imi vaqtida uni bir necha asalari chaqib olgan. Natijada uning yuzida kuchli shish paydo bo‘lgan.

Biroq tadbirkor bundan tushkunlikka tushish o‘rniga, vaziyatdan o‘z biznesini targ‘ib qilish uchun foydalanishga qaror qilgan. U shishgan yuzi bilan o‘zining “Asembo Natural Honey” brendi mahsulotlari yonida suratga tushgan.

Suratga hazilomuz tarzda “Bu asalning 100 foiz tabiiy ekanining isboti!” degan mazmunda izoh qoldirilgan.

Ushbu yondashuv ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning e’tiborini tortib, tadbirkorning o‘z mahsulotini noodatiy usulda reklama qilgani sifatida muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar