Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to‘y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lsin, dovrug‘i Sirdaryoning narigi qirg‘og‘iga ham yetsin” degan maslahatiga ko‘nib, quda tomonga “Qizimni eng so‘nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo‘ydi.
Shunday ham bo‘ldi. Qaynisi tomonidan o‘ylangan to‘y ssenariysiga ko‘ra, kelin–kuyov FHDYoga boshqalar kabi avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo‘llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo‘l olishdi...
Ammo, aslida bu voqea hayotda bo‘lgani yo‘q. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatib borilayotgan “Sirdaryocha kulgi” ko‘rsatuvining navbatdagi “Yangicha to‘y” syujetida dabdabali to‘y qilib nom chiqaraman deb boshdan oyog‘igacha qarzga botganlar ana shunday satira ostiga olindi.
"Xalq so‘zi" nashri xabariga ko‘ra, ko‘rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo‘latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to‘ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot–tashviqot ishlariga qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi.
Manba: "Xalq so‘zi"
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti