23:40 / 16.09.2020
527

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini o‘stirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan. Biroq, ayrim fuqarolar tomonidan o‘z yashash uylarini zahri qotil tayyorlaydigan maskanga aylatirilayotgani achinarli holat albatta.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositasi bilan bog‘liq navbatdagi jinoiy holat fosh etildi. Ya’ni, tadbir ishtirokchilari mazkur tumanda yashovchi fuqaro B.T ning yashash xonadonini xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirishdi.

Natijada, xonadondagi 2 dona tuvaklarga ekilgan 2 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligi, qo‘yxona ustida selofan paketga o‘ralgan 15 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi hamda xonadon hammomiga 9 ta selofan paketga o‘ralgan og‘irligi 45 gramm bo‘lgan “opiy” giyoxvandlik vositasi va 1 ta selofan paketga o‘ralgan og‘irligi 5 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida jami 2 tup “nasha” o‘simligi va 65 gramm giyoxvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)