Kolumbiyalik muxlislar yig‘lagan o‘zbekistonlik bolani qo‘llab-quvvatladi

FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nafaqat maydondagi kurash, balki ta’sirli muxlislik lahzalari bilan ham yodda qoldi.
Uchrashuv davomida Kolumbiya gol urganidan keyin tribunadagi yosh o‘zbekistonlik muxlisning ko‘z yosh to‘kayotgani kameralarga muhrlandi.
Shundan so‘ng kolumbiyalik muxlislar bolani qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston, O‘zbekiston» deb hayqira boshladi.
Ushbu holat stadiondagi tomoshabinlar orasida samimiy muhit yuzaga keltirdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Muxlislar mazkur voqeani Jahon chempionatidagi eng ta’sirli va esda qolarli lahzalardan biri sifatida baholamoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun bu bahs mundial tarixidagi ilk o‘yin sifatida qayd etildi.































Izohlar 0
…