14:14 / 28.10.2020
1 561

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini vaqtincha bepul berish rejalashtirilmoqda

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini vaqtincha bepul berish rejalashtirilmoqda
Koronavirusga qarshi kurash maxsus respublika komissiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiy muassasalardan pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini vaqtincha bepul berish haqidagi taklifni ma’qullagan. Bu haqda komissiyaning 14 sentabrdagi 46-sonli bayoniga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus belgilari bo‘lgan, biroq uy sharoitida reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bemorlarga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini berish rejalashtirilmoqda. Qurilmalar zaxirada mavjudligi va tibbiy muassasaning imkoniyatidan kelib chiqib, shartnoma asosida beriladi.

Maxsus komissiya bayonnomasi bilan pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini bepul berish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Bundan tashqari, hujjat bilan dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa mahsulotlarning ulgurji savdosiga ruxsat 2020 yilning 31 dekabrigacha uzaytirilgan.

Shuningdek, COVID-19’ni davolashda ishlatiladigan ba’zi dorilar, tibbiy buyum va texnikalarni soddalashtirilgan tartibda import qilish muddati 2021 yilning 1 martigacha uzaytirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga pulsoksimetr va kislorod konsentratorlarini vaqtincha bepul berish rejalashtirilmoqda