«Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas» - Bloger

2 daqiqa o'qish4.5K
«Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas» - Bloger
Kadr: YouTube
Telegram’dagi «Bakiroo» kanali muallifi, iqtisodchi Otabek Bakirov «Ular» loyihasiga bergan intervyusida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘mini berib qo‘yyapti?» deya aytgan gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan yana bir audioyozuv internetda tarqalgandi. Unda viloyat rahbari Andijonda olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan ba’zi kishilarni «sassiq» deb atagan. Shuningdek, audioda uning «andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti?» deganini, Andijon va Namanganni o‘zaro solishtirib aytgan gaplarini eshitish mumkin.

Intervyu davomida Otabek Bakirov Andijon viloyati hokimining bu turdagi gaplariga e’tiroz bildirib, u minayotgan Tahoe viloyatdagi tadbirkorlar hisobidan olinganini eslatib o‘tgan.

- "Andijon viloyati hokimining audioyozuvi tarqaldi. Viloyat hokimi tadbirkorlar to‘layotgan soliqdan Tahoe minib yuribdi, lekin o‘sha tadbirkorni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti. Ya’ni o‘sha tadbirkor bosh vazirga savol bilan murojaat qilmoqchi bo‘lgan, savol bilan murojaat qilmagan hali, savol bilan murojaat qilish xohishi paydo bo‘lgani uchun uni «to‘ng‘iz» deb so‘kayapti…

Sinizmning kengligini tushunyapsizmi? Aynan bu hokimni qabul qila olmaganim sababi — har ikki gapining birida «Men Andijon viloyatining uch million xalqini boqayapman» deydi. Men o‘sha hokimga kadrdan, efirdan turib gapirmoqchiman — Andijon viloyatining 3 million aholisi sizni boqayapti, siz ularni emas»
", - deydi Otabek Bakirov.

Eslatib o‘tamiz, 7 noyabrda internetda Shuhrat Abdurahmonov unga «sassiq gapirgan» marhamatlik uch ayolni 15 sutkaga qamatgani haqida gapirgan audio tarqalgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati bu audioyozuv ikki yil avvalgi ekanini ta’kidlagan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hokimlikning bu bayonotini shubha ostiga olib, xususan, marhamatlik ayollarning noroziligi 2020 yil oktabr oyi oxirida yuz berganini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur audioyozuvga munosabat bildirarkan, bu gaplar qachon aytilgani ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab, Andijon hokimini «Lenin boshlagan boshqaruvning sodiq vorisi» deb atagandi.

Keyinroq 14 noyabrda Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan ikkinchi audio tarqaldi. Unda hokim O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov ishtirok etgan yig‘ilishda viloyatda mavjud kamchiliklar haqida gapirmoqchi bo‘lgan andijonlik tadbirkorlarni «shakal» deb atagani ma’lum bo‘lgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?