Munisa Rizayeva nega muddatidan avval tug‘di? Xonanda 36-haftada tug‘ganini aytdi (video)

1 daqiqa o'qish0
Munisa Rizayeva nega muddatidan avval tug‘di? Xonanda 36-haftada tug‘ganini aytdi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida onalik tuyg‘usi, o‘g‘liga homiladorlik davri va tug‘ruq jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida Jahongir Latipov xonandadan homiladorlik paytida nimalarni his qilgani bilan qiziqdi. U avvalgi intervyularidan birida Munisa Rizayeva farzandli bo‘lish eng katta orzusi ekanini aytganini eslatdi.

«Baxt. Albatta, baxtdan baxt, eng yuqori darajadagi baxt. Masalan, yosh qizlar yoshligida farzandli bo‘lsa, boshqacha bo‘larkan. Mening yoshimda esa bu tuyg‘u umuman boshqacha», — dedi xonanda.

Bloger homiladorlik davri qiyin kechgan-kechmaganini so‘raganida, Munisa Rizayeva tug‘ruqning o‘zi oson bo‘lganini, ammo homiladorlik paytida ancha qiynalganini ta’kidladi.

«Tug‘ishim eng oson bo‘ldi. Menimcha, eng qiyini yurganim bo‘ldi. Chunki toksikoz bilan qiynaldim, oxirigacha juda og‘ir kechdi. Homilam ham juda katta edi. Farzandim deyarli 4 kilogramm vazn bilan tug‘ildi. Lekin 36-haftada tug‘dim. Chunki yurolmay qoldim, muddatidan oldin tug‘ishga to‘g‘ri keldi», — deya esladi u.

Jahongir Latipov xonandadan farzandini tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirganmi yoki kesarcha kesish amaliyoti orqali tug‘ganmi, deb ham so‘radi. Munisa Rizayeva kesarcha kesish orqali tug‘ruqni boshdan kechirganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?