Foto: Ijtimoiy tarmoq
21 dekabr kuni Samarqandda yarim yalang‘och erkak yo‘l o‘rtasida Captiva’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda erkak mashina haydovchisiga qarab, «ur meni, ur», deb baqirgan. Uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan keksa kishining ham gapiga quloq solmay, yo‘lga o‘tirib olgan.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani «Mironqul» MFYda yashovchi 25 yoshli S.B. spirtli ichimlik ta’sirida sodir qilganligi aniqlangan.
Unga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborilgan.
Fuqaroning o‘zi bilan bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qarzdorliklar undirilmoqda

O‘zganing Captiva avtomashinasini sotgan firibgar qo‘lga olindi

Sergelidagi mashina bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak kim edi? (video)

Shavkat Mirziyoyev: "Uyimda 110 ta tovug‘im bor, har kuni 50 ta tuxum keladi" (video)

Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari I. Karimov qabrini zirat qildilar

Toshkentda “barcha muammolarni hal qiluvchi erkak” paydo bo‘ldi