16:46 / 01.02.2021
3 803

Oshirilgan jarimalar miqdori e’lon qilindi

Oshirilgan jarimalar miqdori e’lon qilindi
Bugun 1 fevraldan boshlab yo‘l xarakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdorlari 10 foizga oshdi.
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev oshirilgan jarimalar miqdorini o‘z kanalida e’lon qildi.

«Bizda jarimalar oyog‘i osmondan bo‘lib yotibdi. Masalan, jamiyat uchun katta xavfga ega va ko‘plab o‘limlarga sababchi bo‘ladigan qizil chiroqda o‘tishga 2 baravar (490 ming so‘m) jarima, hech kimga ruxsatsiz tonirovkaga esa 25 baravar (6 mln so‘mdan oshiq).

Yoki taqiqlangan joyda mashina to‘xtatganligi (noto‘g‘ri parkovka) uchun birinchi safar 3 baravar, bir yil ichida ikkinchi safar 5, uchinchi safar 10 va to‘rtinchi safardan keyin xuddi mast holda mashina boshqargan kabi 15 baravar (3 mln 675 ming so‘m) jarima qo‘yilgan.

Bunaqa jarimalarda na mantiq bor, na bir asos. Nasib qilsa, tez orada Parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihasi imzolanib qolsa, ushbu mantiqsizliklarga chek qo‘yiladi, degan umiddamiz
» - deya yozadi huquqshunos-bloger.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oshirilgan jarimalar miqdori e’lon qilindi