21:50 / 24.02.2021
1 656

30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi

30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi
Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Uchtepa tumanlararo sudining 10.04.2013 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor K.Alimovdan undiruvchi N.Alimova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor ota 01.02.2017 yildan 01.02.2021 yilga qadar aliment, ya’ni 48 oylik to‘lanmagan aliment qarzdorligi 29.316.788 so‘mga yetgan.

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdorga nisbatan MIB tuman bo‘limi tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Mazkur sudning 23.02.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor o‘z vaqtida to‘lamay kelgan aliment qarzdorligi sabab 15 (sutka) ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi