Toshkentda soxta dollarlarni muomalaga kiritishga urinish to‘xtatildi

Toshkent shahrida 10 ming AQSH dollari miqdoridagi qalbaki xorijiy valyutani sotishga uringan fuqaro A.A. qo‘lga olindi. Mazkur tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazildi. Gumonlanuvchi 100 dollarlik kupyuralar ko‘rinishidagi soxta pullarni boshqa shaxsga 6,5 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.A. 100 dollarlik kupyuralar ko‘rinishidagi jami 10 ming AQSH dollari miqdoridagi qalbaki pulni boshqa shaxsga 6,5 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan.
Qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…