Har kuni muzqaymoq yesangiz, tanangizda 4 ta o‘zgarish yuz beradi

Har kuni muzqaymoq yesangiz, tanangizda 4 ta o‘zgarish yuz beradi
Qisqacha

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, muzqaymoqni me'yorda va to'g'ri iste'mol qilish organizmga bir qator ijobiy ta'sirlarni ko'rsatishi mumkin. Unga ko'ra, muntazam sovuq shirinlik yeyish tomog'ning sovuqqa moslashishiga yordam berib, organizmni unga kamroq sezgir qiladi. Shuningdek, shirinlikning ta'mi miyada kortizol yoki stress gormoni miqdorini kamaytirib, stress darajasini pasaytiradi.

Muzqaymoq ko‘pchilikning sevimli shirinliklaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uni me’yorda va to‘g‘ri tarzda iste’mol qilish organizmga ayrim ijobiy ta’sirlar ko‘rsatishi mumkin.

Avvalo, muzqaymoqni muntazam iste’mol qiladigan insonlarning tomog‘i sovuq mahsulotlarga nisbatan asta-sekin moslashib boradi. Natijada organizm sovuqqa kamroq sezgir bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, muzqaymoq stress darajasini pasaytirishga ham yordam beradi. Uning shirin ta’mi miyada kortizol, ya’ni stress gormoni miqdorining kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ko‘pchilik kayfiyati tushganda muzqaymoq iste’mol qilishni afzal ko‘radi.

Bundan tashqari, muzqaymoq tarkibidagi oqsil va kalsiy mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu esa mushaklarning rivojlanishi va baquvvat bo‘lib borishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Yana bir foydali jihati shundaki, uyqudan oldin me’yorda iste’mol qilingan muzqaymoq tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa organizmning bo‘shashishiga yordam berib, uxlash jarayonini yengillashtiradi.

Biroq mutaxassislar muzqaymoqni ortiqcha iste’mol qilmaslikni tavsiya etadi. Chunki uning tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lishi mumkin va me’yordan ortiq iste’mol qilish salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar