Uyidan 300 dan ortiq piton chiqqan erkak qamaldi

1 daqiqa o'qish24.7K
Uyidan 300 dan ortiq piton chiqqan erkak qamaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoyning Chjeszyan viloyati Taychjou shahrida xonadonida yuzlab ilonlarni noqonuniy saqlagan va ko'paytirgan erkak sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.
  • Huquq-tartibot idoralari xodimining xonadonida o'tkazgan tintuvi chog'ida jami 309 ta piton topilib, ular maxsus muassasalar qaramog'iga topshirildi.
  • Tergov jarayonida gumonlanuvchi va uning sheriklari noqonuniy ravishda kamida 80 ta piton sotgani aniqlanib, ish doirasida yana ikki nafar shaxs javobgarlikka tortildi.

Xitoyda yuzlab pitonlarni xonadonda saqlab, ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullangan erkak sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida uning uyidan 300 dan ortiq ilon topilgan.

Hodisa Chjeszyan viloyatining Taychjou shahrida boshlangan. 2024 yil bahorida mahalliy aholi tog‘ etagidan noodatiy sudralib yuruvchi hayvonni topib, bu haqda mutasaddilarga xabar bergan. Mutaxassislar uning piton ekanini aniqlab, mazkur tur ushbu hududda tabiiy holda uchramasligini qayd etgan.

Shundan so‘ng tergovchilar ilon qayerdandir qochib chiqqan bo‘lishi mumkin degan taxmin bilan izlanish boshlagan. Pitonlar maxsus harorat va namlik talab qilgani sababli, huquq-tartibot idoralari yuqori elektr sarfi kuzatilgan xonadonlarni tahlil qilgan.

Tekshiruvlar natijasida Guo familiyali shaxs asosiy gumonlanuvchi sifatida aniqlangan. Kuzatuvlar davomida uning uyiga muntazam ravishda oq sichqonlar olib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bunday ozuqa asosan ilonlar uchun xarid qilinadi.

Politsiya xonadonda tintuv o‘tkazganda hayratlanarli manzaraga duch kelgan. Kvartiraning bir qismi deyarli to‘liq ilonlar uchun moslashtirilgan bo‘lib, plastik konteynerlarda yuzlab pitonlar saqlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, uydan jami 309 ta piton musodara qilingan. Keyinchalik ular maxsus muassasalar qaramog‘iga topshirilgan.

Gumonlanuvchi sudda ilonlarga uzoq yillardan beri qiziqishini yashirmagan. Uning aytishicha, 2014 yilda ilk bor to‘rtta piton sotib olgan va keyinchalik ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullangan.

Tergov jarayonida u va sheriklari noqonuniy ravishda kamida 80 ta piton sotgani ham ma’lum bo‘ldi. Ish doirasida yana ikki nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha jami 436 ta piton aniqlangan. Mutaxassislar ularning umumiy qiymatini 30 million yuandan ortiq deb baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?