18:43 / 26.04.2021
2 030

Xotin-qizlarga bo‘layotgan zo‘ravonliklarning aksariyati qaysi viloyatlarga to‘g‘ri kelmoqda?

Xotin-qizlarga bo‘layotgan zo‘ravonliklarning aksariyati qaysi viloyatlarga to‘g‘ri kelmoqda?

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali xotin-qizlarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik, ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilayotgani, ularni o‘z joniga qasd qilish darajasiga olib borilayotgani bilan bog‘liq noxush xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kid etilishicha, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari aslida bundan-da ko‘p bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 15 va 49 yoshidagi xotin-qizlarning 25 foizidan ko‘prog‘i hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelishadi. Ushbu zo‘ravonliklarning 33 foizi Janubi-sharqiy Osiyo hududiga to‘g‘ri kelmoqda.
Aytish joizki, Bosh prokuratura o‘z xisobotida, 2020 yilda nomusga tegish holatlari 27,7 foizga oshganligini bayon qilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga yo‘llangan murojaatlar tahliliga ko‘ra, 2021 yilning 15 apreliga qadar xotin-qizlar tomonidan 20 ga yaqin jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushganini ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, fuqaro M.M. 2013 yilda surxondaryolik yigitga turmushga chiqib, 2 nafar farzandni dunyoga keltiradi. U o‘z murojaatida turmush o‘rtog‘i ko‘p yillardan buyon doimiy ravishda kiynoqqa solib, ruhiy hamda jismoniy tazyiq o‘tkazib kelayotganligini yozib, ungak nisbatan tegishli choralar ko‘rishni va himoya orderi olishda yordam so‘ragan. Ombudsman mazkur arizani nazoratga olib, uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rgandi. Natijada fuqaro M.M.ga 2021 yil 10 fevral kuni «Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun himoya orderi» taqdim etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Xotin-qizlarga bo‘layotgan zo‘ravonliklarning aksariyati qaysi viloyatlarga to‘g‘ri kelmoqda?