Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Andijon viloyatiga keldi. Izboskan tumanining Qo‘g‘ay mahallasi - eng chekka hududlardan biri. Iqtisodiy imkoniyatlar natijasida qishloqlarga ham sanoat kirib bormoqda. Bu aholini ish bilan ta’minlashda juda muhim.
Yaqinda ushbu mahallada “Sohib omad barakasi” klasteri tomonidan “And gold” tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushirildi.
Davlatimiz rahbari mazkur fabrika faoliyati bilan tanishdi.
Qiymati 2 million 500 ming AQSH dollari bo‘lgan loyiha doirasida yangi bino qurilib, zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Korxona yiliga 3 million 500 ming dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu boradagi yillik imkoniyat 5 million dollardan ziyod. Halitdanoq kalava ip yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Rossiya bilan shartnoma tuzilgan.
Korxonada hozircha 830 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.
- Sizlarga o‘zimning hurmatimni, muhabbatimni bildiraman. O‘zlaringiz yashaydigan qishloqda ishli bo‘lganlaringizdan xursandman. Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Bu ishlarni yana davom ettiramiz. Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Fabrika to‘la quvvatga chiqqanda, chekka hududdagi 1 ming 200 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.
Shu yerda Andijon viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi