20:50 / 13.09.2021
2 186

“Neksiya-3”dagi giyohvandlik vositalari fosh etildi

“Neksiya-3”dagi giyohvandlik vositalari fosh etildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida navbatdagi tezkor tadbirni o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotrasport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina old o‘rindig‘i ustida, ro‘molchaga o‘ralgan, 15 dona gugurt qutilariga solingan, o‘ramlari bilan og‘irligi 107,24 gramm bo‘lgan o‘tkir hidli, yashil rangli “Marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro B.S. o‘z xohishi bilan yashash xonadonidan qizil rangli karton idishiga solingan, o‘ramlari bilan og‘irligi 113,83 gramm bo‘lgan o‘tkir hidli, yashil rangli “Marixuana” giyohvand moddasini tadbir ishtirokchilariga taqdim qildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Neksiya-3”dagi giyohvandlik vositalari fosh etildi