Majburiyat bajarildi

Majburiy ijro byurosining Paxtaobod tuman bo'limida voyaga yetmagan farzand uchun 4 ming AQSH dollari miqdoridagi aliment undirib berildi. Ushbu mablag' er-xotinning o'zaro kelishuviga asosan ot tomonidan farzandi uchun taqdim etildi. Shundan so'ng, undiruvchi ayol o'z xohishiga ko'ra muayyan summadagi pullarni olib, ijro hujjatini tamomlanishini so'rab ariza berdi. Natijada undiruvchi ayolning arizasiga muvofiq mazkur ijro ishi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, muqaddas maskan. Chunki bu dargohda inson dunyoga keladi, shaxs sifatida shakllanib, ta’lim-tarbiya topadi. Jamiyat farovonligi ham oilaning tinch-totuvligida. Biroq, so‘nggi kunlarda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarni oldini olish, bolalarning ijtimoiy himoyasi dolzarbligicha qolmoqda.
Voyaga yetmagan shaxslarning manfaatlari himoyasi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan. Aliment undiruviga oid ijro hujjatlari kelib tushishi bilanoq ijroga qaratilib, undirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Byuroning Paxtaobod tuman bo‘limida ham ijro ishi bo‘yicha 4 ming AQSH dollari undirib berildi. Ijro harakatlari davomida ayol o‘z xohishiga ko‘ra muayyan summadagi pullarni olish evaziga ijro hujjatini tamomlanishini so‘radi. Er-xotin kelishuviga binoan, aliment to‘lovi uchun 4 ming AQSH dollari otadan farzandi uchun taqdim etildi.
Shu bilan, undiruvchi ayolning arizasiga muvofiq ijro ishi yakunlandi.































Izohlar 0
…