O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. Bu haqda 14 sentabr kuni imzolangan «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida belgilandi.
Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 dekabrdan tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.
Bundan tashqari, shu davrdan boshlab quyidagilarni belgilashga doir talablar ham bekor qilinadi:
- davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni;
- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avans.
Yuqorida nazarda tutilgan holatlarda oldindan to‘lov va avans tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Farmonda, shuningdek, qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?