Cho‘kayotgan do‘stini qutqarish uchun suvga sakragan 8 yoshli bolani ko‘pchilik qidirishmoqda

Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida 15 iyun kuni cho‘kayotgan do‘sti Adamni qutqarishga uringan 8 yoshli Xizr Derbichev kuchli oqim sababli suvga oqib ketdi. Adam daraxt ildizlariga yopishib omon qolgan bo‘lsa-da, Xizrni qidirish ishlari beshinchi kundirki davom etmoqda. Qidiruv jarayoniga minglab qutqaruvchilar va ko‘ngillilar jalb qilinganiga qaramay, kuchli yomg‘irlar tufayli daryo sathining ko‘tarilishi vaziyatni qiyinlashtirmoqda.
Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida 8 yoshli Xizr Derbichev 15 iyun kuni g‘oyib bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u daryoda xavf ostida qolgan do‘stini qutqarish maqsadida suvga sakragan.
Do‘sti Adam daryo oqimida qolgan paytda daraxt ildizlariga yopishib omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, biroq Xizr kuchli oqimga dosh berolmay suv bilan oqib ketgan. Hodisa guvohi bo‘lgan yana bir bola darhol yordam so‘rash uchun yugurgan. Keyinchalik Adam qutqarilgan, ammo Xizrni topishning imkoni bo‘lmagan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari allaqachon beshinchi kundirki davom etmoqda. Ushbu jarayonga Shimoliy Kavkaz hududidan minglab qutqaruvchilar va ko‘ngillilar jalb qilingan.
Kuchli yomg‘irlar sababli daryoda suv sathi ko‘tarilib, oqim tezlashgani qidiruv ishlarini yanada qiyinlashtirmoqda. Shunga qaramay, mutasaddilar va ko‘ngillilar Xizrni izlashni to‘xtatmagan.































Izohlar 0
…