O‘zgidrometdan favqulodda ogohlantirish

O‘zgidrometdan favqulodda ogohlantirish

O‘zgidromet 20–22 iyun kunlari mamlakatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘irlar kuzatilishi sababli sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida tezkor ogohlantirish e’lon qildi.

Meteorologik ma’lumotlarga ko‘ra, bu davrda yog‘ingarchiliklar ayrim viloyatlarda jadal tus olib, daryo va soylarda suv sathi keskin ko‘tarilishi, shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planib, mahalliy hududlarda suv bosish holatlari kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hamda tog‘ oldi tumanlarida xavf darajasi nisbatan yuqori ekani qayd etilgan.

Ogohlantirishda ta’kidlanishicha, ayrim tumanlarda qisqa muddatli, lekin kuchli yomg‘irlar oqibatida sel kelishi mumkin. Shu bois, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilardan alohida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Mutaxassislar favqulodda vaziyatlardan saqlanish uchun daryo o‘zanlari, jarliklar va xavfli yo‘llardan uzoqroq yurish, yomg‘irli paytda safarlarni cheklashni tavsiya qilmoqda.

O‘zgidromet aholiga tabiat hodisalarini jiddiy qabul qilish va ehtiyotkorlik choralariga amal qilish zarurligini yana bir bor eslatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar