Isfandiyor haqida BBC va CNN ham material tayyorlamoqda

Isfandiyor haqida BBC va CNN ham material tayyorlamoqda

FIFA Jahon chempionatidagi O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvida kameralarga muhrlangan bir lahza butun dunyo e’tiborini tortdi.

O‘yin davomida yig‘lab yuborgan o‘zbekistonlik yosh muxlis Isfandiyorning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tez sur’atlarda tarqalib, millionlab insonlar tomonidan tomosha qilindi.

Keyinchalik kolumbiyalik muxlislar uni qo‘llab-quvvatlab, «O‘zbekiston, O‘zbekiston» deb hayqirgani mazkur voqeani yanada ta’sirli qildi.

Isfandiyorning otasi Bektosh Xatamovning ma’lum qilishicha, videodan so‘ng dunyoning ko‘plab yirik ommaviy axborot vositalari va tashkilotlari ular bilan bog‘lana boshlagan.

Uning aytishicha, mehmonxona orqali FIFA rasmiylari, BBC, CNN hamda boshqa xalqaro nashrlar uchrashuv tashkil qilish istagini bildirgan.

Shuningdek, AQSHdagi turli brendlar, sport va bolalar yo‘nalishidagi kompaniyalar ham aloqaga chiqqan.

«Nashrlar asosan O‘zbekiston haqida, o‘g‘limning futbolga qiziqishi va mamlakatimizdagi futbol hayoti haqida so‘rashmoqda. Bir video O‘zbekistonimizni bunchalik mashhur qilib yuboradi deb o‘ylamagan edim», — deb yozdi Behtosh Xatamov.

Uning ta’kidlashicha, Isfandiyorning butun dunyoda tanilishi ota sifatida unga katta g‘urur bag‘ishlagan.

Ayni paytda turli davlatlardagi muxlislar va ommaviy axborot vositalari ushbu voqeani Jahon chempionatining eng ta’sirli lahzalaridan biri sifatida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar