Jizzaxda kuchli sel: 3 ta mashina oqib ketdi

Jizzaxda kuchli sel: 3 ta mashina oqib ketdi
Qisqacha

Kecha, 18 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida kuchli yog'ingarchilik oqibatida tog' va tog'oldi hududlarda sel oqimlari hosil bo'ldi. Tabiiy ofat vaqtida ayrim yo'llarni bosib o'tgan suv oqimi noto'g'ri joyda qoldirilgan 3 ta yengil avtomobilni oqizib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Kecha, 18 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, tog‘ va tog‘oldi hududlarda sel oqimlari hosil bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqimi ayrim yo‘llarni bosib o‘tgan. Natijada ushbu hududlarda noto‘g‘ri joyda qoldirilgan 3 ta yengil avtomobil suv oqimiga tushib, oqib ketgan.

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar