16:13 / 14.10.2021
868

Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi

Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
2021 yil 14 oktabr kunidan Tashkent City bog‘i hududiga kirish bepul bo‘ldi. Bu haqda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi xabar berdi.

«Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi bog‘i hududiga kirish bepul deb e’lon qiladi. Avtotransport vositalarida kirishi bundan mustasno», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Bayram chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m, pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda) etib belgilangan edi. O‘shanda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev jurnalistlarning bog‘ga kirish nima uchun pullik bo‘lgani haqidagi savollariga javob berib, «pullik rejim bir oyga rejalashtirgani»ni ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning oktabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City ochilishi munosabati bilan qilgan videomurojaatida «Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!», – degan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi