Samarqandda qidiruvdagi Hyundai Elantra harakat vaqtida qo‘lga olindi

Samarqandda qidiruvdagi Hyundai Elantra harakat vaqtida qo‘lga olindi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasi aniqlandi.

Ijro hujjatlariga ko‘ra, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro M.Sh.dan "Kapitalbank" ATB Chorsu filiali foydasiga 300 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan. Sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Hyundai Elantra” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan edi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur avtomashina Samarqand shahrining markaziy ko‘chalaridan birida harakatlanayotgan vaqtda aniqlandi. Qidiruv xodimlarining tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida transport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda xatlandi.

Shundan so‘ng avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda ijro hujjatlari talablarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar