Qorasuv-2 dahasida 5 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qoldi

Qorasuv-2 dahasida 5 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qoldi
Qisqacha

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Qorasuv-2 dahasida yer ustida joylashgan past bosimli gaz quvuri ustiga daraxt qulab tushishi natijasida quvur shikastlandi. Xavfsizlik choralari doirasida yuzaga kelgan holat sababli ushbu hududdagi 5 ta ko‘p qavatli turar joyning gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ayni paytda mutasaddilar tomonidan avariya holatini bartaraf etish ishlari jadal olib borilmoqda.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Sh. Burxonov» mahallasi, Qorasuv-2 dahasida gaz quvuriga zarar yetdi.

Ma’lum qilinishicha, yer ustida joylashgan past bosimli gaz quvuri ustiga daraxt qulab tushgan.

Oqibatda gaz quvuri shikastlangan va xavfsizlik choralari doirasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Hodisa sabab Qorasuv-2 dahasidagi 5 ta ko‘p qavatli turar joy gaz ta’minotidan uzilgan.

Ayni paytda avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilarning bildirishicha, ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng iste’molchilar oldindan ogohlantirilgan holda gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar