O‘zbekistonda 2040 yilga borib suv tanqisligi kuchayishi mumkin

O‘zbekistonda 2040 yilga borib suv tanqisligi kuchayishi mumkin

Toshkent xalqaro investitsiya forumida O‘zbekistonda suv resurslari bilan bog‘liq jiddiy prognozlar muhokama qilindi.

Ekspertlarga ko‘ra, 2040 yilga borib mamlakatda suvga bo‘lgan talab 23 foizga oshishi, mavjud resurslar esa 17 foizga qisqarishi mumkin.

Agar zarur choralar o‘z vaqtida ko‘rilmasa, yillik suv tanqisligi 22 milliard kub metrga yetishi ehtimoli bor.

Bu holat mamlakat yalpi ichki mahsulotining 19 foizigacha qismiga xavf solishi mumkinligi ta’kidlandi.

Mutaxassislar O‘zbekistonda suvdan foydalanish samaradorligi pastligini ham qayd etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1 kub metr suv hisobiga 3 dollardan kam iqtisodiy samara yaratiladi. Jahon ko‘rsatkichi esa 23 dollar atrofida.

Samarasiz suv iste’moli O‘zbekiston iqtisodiyotiga har yili 5 milliard dollar zarar keltirayotgani aytildi.

Shuningdek, 1800 ta eski nasos respublikadagi elektr energiyasining 16 foizini iste’mol qilmoqda.

2030 yilgacha 4,63 million gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 40 milliard dollar investitsiya jalb etish ko‘zda tutilmoqda.

Eski nasos tizimlarini almashtirish orqali mamlakat elektr energiyasining 8 foizini tejash mumkinligi bildirildi.

Hukumat va xalqaro investorlar fikricha, suv xo‘jaligini tezkor modernizatsiya qilish kelgusi 15 yilda iqtisodiy xavflarni kamaytirishning eng muhim yo‘li hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar