12:22 / 04.02.2022
1 046

Yuzta kasallik va devorga chizilgan baliq: Xitoy maqollari

Yuzta kasallik va devorga chizilgan baliq: Xitoy maqollari
Xitoy Xalq Respublikasi Osiyoning sharqida joylashgan. Shimoli-sharq va shimoli-g‘arbda – Rossiya, shimolda – Mo‘g‘uliston, shimoli-sharqda – Shimoliy Koreya, shimoli-g‘arbda – Qozog‘iston va Qirg‘iziston, g‘arbda – Pokiston, Tojikiston, Afg‘oniston, janubi-g‘arb va janubda – Hindiston, janubda – Myanma, Vetnam, Nepal, Butan, Laos, janubi-sharqda Makao bilan chegaradosh.

Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan tutash.

Poytaxti – Pekin. Hududi – 9.598.962 km². Aholisi – 1 milliard 400 milliondan ziyod. Davlat tili – xitoy tilining mandarin lahjasi.

Diniy e’tiqodi – konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, nasroniylik, islom. Pul birligi – yuan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Pekinda 2008 yili yozgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgan.
* * *
Yaqin qo‘shni uzoq qarindoshdan yaxshi.

Boylik uch avloddan buyoqqa o‘tmaydi.

Suv nafaqat qayiqni ko‘taradi, balki uni cho‘ktirib yuborishi ham mumkin.

Dehqonning ovqati ob-havoga bog‘liq.

O‘z istaklaringizdan qo‘rqing, ular ijobat topadi.

Dunyodagi barcha qarg‘alar qora.

Atirgulning muattar hidi hamisha uni sovg‘a qilgan kishining qo‘lidan ufurib turar.

Och qolgan sichqon mushukni ham yeyishga tayyor bo‘ladi.

Hukmdor – qayiq, xalq esa suv misoli: uni olib yurishi ham, cho‘ktirishi ham hech gap emas.

Hatto eng kichik noaniqlik ham yo‘ldan urishi mumkin.

Otni izlab eshakda ketdi.

Daraxt qulasa, maymunlar tumtaraqay bo‘lib qochadi.

Otilgan toshni o‘ngarib qo‘yadigan kun ham kelar.

Ahmoq bilan mushtlashgandan aqlli bilan suhbatlashgan ma’qul.

Qo‘shinni ming kun yedirib-ichirishadi, ammo bir kun foydalanishadi.

Yoshi qaytgan ayollarning sochiga qistirilgan chiroyli gullar uyalar.

Dunyo shunchalik ulkanki, yo‘q narsaning o‘zi bo‘lishi mumkin emas.

Ismini eshitgandan ko‘ra, yuzini ko‘rgan afzal.

Kim olovga yaqin bo‘lsa, avvalo, o‘sha yonadi.

G‘ag‘illagan o‘rdakni otadilar.

Bilmaslikdan qo‘rqma – o‘qimaslikdan qo‘rq.

Turgandan – imillab bo‘lsa-da yurgan ma’qul.

Chiroq o‘zini yoritmas.

Yoshligingda vaqtni behuda yo‘qotma, keksalikda u juda kam qoladi.

Xato tufayli faqat xarid qilish mumkin, biroq yanglish yo‘li bilan sotib bo‘lmaydi.

Bilmaslik – jinoyat emas.

Poliz chuvalchanglari polizda o‘lar.

Uzoq kasallikdan so‘ng o‘zing ham yaxshi shifokorga aylanasan.

Hech kim o‘g‘ilni otasidek yaxshi bilmaydi.

Yangi poyafzal kiydingmi – oyoqlaringni balandroq ko‘tar.

Ayol yuragi – juda zararli.

Olovni qog‘ozga o‘ray olmaysan.

Ro‘zg‘orni bo‘lak qilgan aka-ukalar uch yildan so‘ng shunchaki qo‘shnilarga aylanadilar.

Qirqoyoq o‘lganida ham oyoqlarida turadi.

Yuzta kasallik shamollashdan boshlanur.

Qarzni tik turib beradilar, qaytarib olishda esa tiz cho‘kib so‘raydilar.

Kelgusi asr baxti mana shu asrda barpo etiladi.

Mingta yo‘lni topish oson, bitta natijaga erishish qiyin.

Devorga chizilgan baliqning faqat bitta ko‘zi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuzta kasallik va devorga chizilgan baliq: Xitoy maqollari