Google Photos xizmatida sunʼiy intellekt asosidagi raqamli garderob ishga tushdi

Google Photos xizmatida sunʼiy intellekt asosidagi raqamli garderob ishga tushdi

Google Photos servisida foydalanuvchilar uchun yangi va qulay funksiya — Wardrobe (Garderob) bosqichma-bosqich joriy etila boshlandi. Ushbu vosita foydalanuvchining kiyim-kechak va aksessuarlarini raqamlashtirish, mavjud buyumlarni tahlil qilish hamda tayyor obrazlarni taklif qilish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozircha ushbu funksiyadan foydalanish imkoniyati cheklangan. Yangilikdan faqat Google One AI Pro va AI Ultra pullik tarif rejalari obunachilari foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, xizmat hozircha faqat Android qurilmalari egalari uchun ochiq, iOS platformasi uchun esa qoʻllab-quvvatlash tizimi keyinroq joriy etilishi rejalashtirilgan. Geografik jihatdan loyiha AQSH, Braziliya va Hindistonda start oldi.

Funksiyani faollashtirish uchun foydalanuvchi hisobi mintaqada belgilangan yosh chegarasiga mos kelishi kerak. Shuningdek, Google Photos sozlamalarida Face Groups (Yuzlar guruhi) funksiyasi yoqilgan boʻlishi va foydalanuvchi oʻz yuzini tasdiqlashi lozim. Bu tizimga suratlardagi kiyimlarni aynan qaysi insonga tegishli ekanini aniq identifikatsiya qilish uchun zarurdir.

Wardrobe ishlash prinsipi foydalanuvchining barcha kiyimlari asosida raqamli katalog yaratishga asoslangan. Sunʼiy intellekt algoritmlari oxirgi 4 yil ichidagi suratlarni skanerlab, kiyimlarni taniydi va ularni toifalarga ajratadi. Eng asosiysi, foydalanuvchilar oʻz raqamli avatarlarida kiyimlarni virtual kiyib koʻrishlari va yangi uslublarni sinab koʻrishlari mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar