20:30 / 05.05.2023
383

“Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev: “Qo‘shig‘im uchun Mercedes-Benz sovg‘a qilishgan”

“Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev: “Qo‘shig‘im uchun Mercedes-Benz sovg‘a qilishgan”
“Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev bitta taronasi uchun unga Mercedes-Benz mashinasini sovg‘a qilishgani, hozir mashhurlikka erishayotgan yoshlar va shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi.
 
“Ayrim qo‘shtirnoq ichidagi yulduzlar mashhurlikka erishgandan keyin doim shunaqa holatda qolaman, deb o‘ylaydi”
 
Shaxsiy hayot shaxsiy bo‘lib qolgani yaxshi. Uchta farzandim bor, kattasi 16 yoshda. 22 yoshimda turmush qurganman, kichkina farzandim 5 oylik. Kichkina farzandimning ismini rossiyalik mashhur balerinaga havas qilib Matilda deb qo‘yganman.
 
Hozir yulduzlik kasaliga ko‘p yoshlar chalinmoqda. Chunki hozir tez ko‘tarilib ketish oson, ayrimlar bir haftada ijtimoiy tarmoqlarda yulduz bo‘lyapti. Keyin pul ishlash yo‘llari ko‘payib ketdi. Bizning davrimizda konsert berib, pul ishlasa bo‘lardi. Hozir Instagram'ning o‘zidan 10-20 ming dollar ishlayotgan blogerlar bor. Ayrim qo‘shtirnoq ichidagi yulduzlar mashhurlikka erishgandan keyin doim shunaqa holatda qolaman, deb o‘ylaydi.
 
“Yulduzlik kasaliga chalinishga vaqt ham bo‘lmagan”
 
Bizda yulduzlik kasaliga chalinish holati bo‘lmagan, chunki birinchi bor boshlaganimizda pulimiz bo‘lmagan payt yoki qanaqadir vaziyat bo‘lganki, nimanidir o‘ylashga majbur bo‘lganmiz. Shu sababli yulduzlik kasaliga chalinishga vaqt ham bo‘lmagan.
 
“Delam” degan qo‘shig‘imiz uchun menga bitta Mercedes-Benz avtomobilini sovg‘a qilishgan. O‘sha paytda eski BMW mashinasini haydardim. Qo‘shiqni aytganimdan keyin avtosalonga borib, istagan mashinangni tanla, olib beraman, deyishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev: “Qo‘shig‘im uchun Mercedes-Benz sovg‘a qilishgan”