Avaz Oxun «yulduzlik kasalligi»ga chalinganini tan oldi

Qiziqchi va so‘z ustasi Avaz Oxun intervyularidan birida san’atkorlarda uchraydigan «yulduzlik kasalligi» haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Unga «Yulduzlik kasalligiga uchraganmisiz?» degan savol berildi. Qiziqchi bu savolga ochiq javob berib, o‘zi ham bunday holatni boshdan kechirganini tan oldi.
«Ha, uchraganman. Bu kasallikka uchramagan odamning o‘zi yo‘q. Kimdir uning davosini topadi, kimdir topa olmaydi. Ayrimlarda esa bu kasallik xronik bo‘lib ketgan», — dedi Avaz Oxun.
Shundan so‘ng undan «Yulduzlik kasalligiga chalinganingizni qaysi simptomlardan sezgansiz?» deb so‘raldi.
Qiziqchining aytishicha, inson bunday o‘zgarishlarni avvalo o‘zida seza boshlaydi.
«O‘zingizda his qilasiz bu narsani. Balki insonda ozgina manmansirash paydo bo‘lar, o‘zingizni tutishingiz o‘zgarar, boshqacha bo‘lib qolarsiz. Bu tabiiy holat. Balki bu kasallik emasdir, balki shunday bo‘lishi kerakdir.
San’atkor odamlar, masalan, biroz sirliroq bo‘lishi kerak, balki. Bilmadim. Lekin “yulduzlik kasalim yo‘q”, deb ayta olmayman», — deya ochiq javob berdi Avaz Oxun.
Qiziqchining bu iqrori ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin.






























Izohlar 0
…