Maykl Jekson kiygan yaltiroq paypoq auksionda rekord bahoga sotildi

1 daqiqa o'qish30.6K
Maykl Jekson kiygan yaltiroq paypoq auksionda rekord bahoga sotildi

Pop musiqa dunyosida afsonaviy nomi bilan hanuz yashab kelayotgan Maykl Jekson bilan bog‘liq har bir buyum muxlislar uchun qimmatli xazina hisoblanadi. Shuning yorqin misollaridan biri sifatida yaqinda o‘tgan auksionda qirolning sahnada kiygan yaltiroq paypog‘i 8 ming dollardan ortiq narxda sotildi. Bu haqda PeopleTalk nashri ma’lum qildi.

Gap ketayapti 1997 yildagi “History World Tour” – “Tarixiy Jahon Gastroli” doirasidagi Fransiyaning Nim shahrida bo‘lib o‘tgan konsert haqida. Jekson o‘ziga xos sahna uslubiga sodiq qolgan holda, mashhur “Billie Jean” qo‘shig‘ini ijro etish paytida strazlar bilan bezatilgan oq sport paypoqlarini kiyib chiqqan. Kecha yakunlangach, garderob yaqinida yerda yotgan bu paypoqni texnik xodim ko‘rib qoladi va yillar davomida o‘zida asrab qo‘yadi.

Maykl Jekson kiygan yaltiroq paypoq auksionda rekord bahoga sotildi

Vaqt o‘tishi bilan kiyimda dog‘lar paydo bo‘lgan, yaltiroq strazlarining rangi sariq tusga aylangan bo‘lsa-da, u hanuz Maykl Jeksonning sahnadagi jozibasini o‘zida saqlab qolgan “kult buyum” sifatida baholanadi. Auksionda unga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lib, oxir-oqibat 8 ming dollarlik kelishuv bilan sotuv amalga oshdi.

Aytish joizki, bu birinchi marta emaski, Jeksonga tegishli sahna atributlari rekord narxlarda sotilayotgani. 2009 yilda Makaodagi kazino-kurort “oy yurish” raqsida taqilgan yaltiroq qo‘lqopni 350 ming dollarga xarid qilgan edi. 2023 yilda esa, Parijda o‘tgan auksionda uning sahnaga chiqishdan oldin kiygan shlyapasi 80 ming dollardan ortiqqa sotilgan.

Bu kabi lotlar nafaqat kolletsionerlar, balki uning ijodini ardoqlagan millionlab muxlislar uchun ham bebaho ahamiyatga ega. Chunki har bir sahna buyumi ortida Maykl Jeksonning ijodiy ruhi va sahnadagi afsonaviy quvvati yashaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?