2025 yil 30 iyundan boshlab yurtimizda “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati orqali ijod ahlining daromadlarini rasmiylashtirish jarayoni boshlangan edi. Endi estrada xonandalari va ijrochilar mobil ilova orqali o‘z daromadlari haqida deklaratsiya topshirishi mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Soliq” ilovasi orqali bugungacha 1 954 nafar litsenziyaga ega bo‘lgan san’atkor deklaratsiyani taqdim etdi. Eng ko‘p deklaratsiya Xorazm viloyati (294 nafar) va Toshkent shahri (291 nafar)da qayd etilgan.
Bu jarayon “O‘zbekkonsert” va Soliq qo‘mitasi axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilingani orqali soddalashtirilgan. Har bir foydalanuvchi Face ID orqali shaxsini tasdiqlagan holda mobil ilova orqali barcha amallarni onlayn tarzda bajara oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!