Sahnada mushuk “Romeo va Juletta” tragediyasini komediyaga aylantirdi (video)

Turkiyaning Izmir shahrida rossiyalik balet jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Romeo va Juletta” spektakli kutilmagan holat sabab tomoshabinlar uchun unutilmas lahzaga aylandi. Asarning eng fojeali sahnalaridan biri birdan kulgili tus oldi.
Bunga sahnaga to‘satdan yugurib chiqqan malla mushuk sabab bo‘ldi. U hech ikkilanmay Romeo rolini ijro etayotgan aktyor yoniga kelib joylashdi va birozdan so‘ng uning sochlari bilan o‘ynay boshladi. Hatto ularni tishlab, sahnani o‘ziga xos “shou”ga aylantirdi.
Bu paytda Juletta obrazi qayg‘u va iztirobni ifodalab, sevgilisi ustida motam tutayotgan edi. Ammo mushukning kutilmagan harakatlari tomoshabinlar orasida kulgi uyg‘otib, fojeaviy sahnani butunlay boshqa kayfiyatga burib yubordi.
Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq va hazilomuz izohlar bilan qarshi olinmoqda.






























Izohlar 0
…