date

Imronning yangi klipi kutilmoqda: muxlislar qizg‘in muhokamada

Imronning yangi klipi kutilmoqda: muxlislar qizg‘in muhokamada

Xonanda Imron muxlislarini xursand qiladigan yangilik bilan bo‘lishdi. U o‘zining Instagram sahifasi orqali yangi qo‘shig‘ini ertaga — 14 aprel kuni soat 19:00 da premera qilishini ma’lum qildi.

“Nimalar qilib qo‘yding” deb nomlangan ushbu tarona hozirdanoq tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Klipda Talat Yuldashev, Nozanin Gafforova va Ruslan Berdiyev rol ijro etgan.

Izohlarda esa muhokamalar juda qizg‘in kechmoqda. Ayrim muxlislar klipda Durdona Qurbonova nega ishtirok etmaganini so‘rashgan. Boshqalar esa kelgusi kliplarda uni ko‘rishni xohlashini bildirib, “Imron kliplariga aynan Durdona Qurbonova juda mos keladi”, deya fikr qoldirishgan.

Shu bilan birga, ko‘plab muxlislar xonandaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, yangi klipni katta intizorlik bilan kutayotganini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Imronning yangi klipi kutilmoqda: muxlislar qizg‘in muhokamada