Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni yig‘latgan video murojaat (video)

Madaniyat va Ma’rifat telekanalining "Do‘stlar davrasida" ko‘rsatuvida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mehmon bo‘ldi. Ko‘rsatuv davomida kutilmagan videomurojaat namoyish etildi.
Dasturda Nazarbekovga maktabda unga adabiyot fanidan dars bergan ustozidan video murojaat yo‘llandi. Ustozining samimiy so‘zlari va xotiralari vazirni chuqur hayajonga soldi.
Ustozining murojaatidan so‘ng Ozodbek Nazarbekov ko‘zlariga yosh oldi.
Samimiy murojaat davomida maktab yillari va ustoz-shogird munosabatlari bilan bog‘liq xotiralar tilga olindi. Bu lahzalar Nazarbekov uchun ham ta’sirli kechdi.
Ustozining so‘zlari san’atkor va vazirning qalbiga tegib, ko‘rsatuvdagi eng ta’sirchan lahzalardan biriga aylandi.































Izohlar 0
…