Namangan gullar bayramida Shahzoda Muhammedova moda olamini larzaga soldi (video)

Namangan gullar bayramida Shahzoda Muhammedova moda olamini larzaga soldi (video)

Mashhur dizayner Shahzoda Muhammedova yana bir bor o‘zining noodatiy ijodi bilan jamoatchilik e’tiborini qozondi. Avval Milan shahrida namoyish etilgan kolleksiyasi bilan xalqaro maydonda e’tirof etilgan ijodkor bu safar ham o‘sha ishlari bilan Namanganda bo‘lib o‘tgan gullar festivali doirasida chiqish qildi.

Festival dasturiga ilk bor moda yo‘nalishi ham kiritilib, aynan shu sahnada Shahzoda Muhammedova o‘zining eksklyuziv kolleksiyasini taqdim etdi. Dizayner har bir libos orqali o‘ziga xos g‘oya, nafis did va zamonaviy uslubni uyg‘unlashtira oldi.

Ma’lumki, Namangandagi gullar festivali so‘nggi yillarda nafaqat floristik bayram, balki turli ijodiy yo‘nalishlarni birlashtiruvchi yirik madaniy tadbirga aylanib bormoqda. Bu yilgi yangilik — moda blokining qo‘shilishi esa festivalga yanada rang-baranglik baxsh etdi.

Shahzoda Muhammedovaning kolleksiyasi tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Uning sahnadagi chiqishi festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, moda ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar